Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Shvesiyada tug‘ilishning pastligi sababli mingga yaqin bolalar bog‘chalari yopilishi mumkin

A A A
Shvesiyada tug‘ilishning pastligi sababli mingga yaqin bolalar bog‘chalari yopilishi mumkin

Tug‘ilishning past darajasi yaqin uch yil ichida 1 mingga yaqin bolalar bog‘chalarining yopilishiga olib kelishi mumkin, bu ularning umumiy sonining o‘ndan bir qismidir. Bu haqda TASS yozmoqda.

Shvesiya hamjamiyatlari va mintaqalari mintaqaviy assosiasiyasining katta iqtisodchisi Annika Vallenskog SVT telekanaliga 5-6 yildan keyin mamlakatda kamroq maktablar kerak bo‘lishini tushuntirdi.

Markaziy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi olti oyida Shvesiyada tug‘ilish darajasi keskin pasaygan. Bu davrda bor-yo‘g‘i 50,5 ming bola tug‘ildi, bu XXI asrning barcha yillaridagi eng past ko‘rsatkichdir. "Markaziy statistika byurosi 2027 yilda 130 ming yangi tug‘ilgan chaqaloqni kutgan edi, biroq biz ularning soni 95 mingga yaqin bo‘lishini kutamiz. Bu juda katta pasayish" - dedi Annika Vallenskug.

Kiritildi: 15:53 04.09.2024. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!