Mamlakat hukumati Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishini oldindan taxmin qila olmagani uchun xavfsizlik xizmatlariga bildirilgan tanqidlardan so‘ng, yangi tashqi razvedka agentligini tuzish rejasini davom ettirmoqda.
Shvesiya Tashqi ishlar vaziri Mariya Malmer Stenergardning ta’kidlashicha, xavfsizlik sohasidagi murakkab vaziyat va Shvesiyaning NATO'ga a’zoligi razvedka tuzilmasini ittifoqdoshlar standartlariga moslashtirishni talab etmoqda. Yangi agentlik bevosita hukumatga bo‘ysunadi va harbiy razvedka (MUST) hamda xavfsizlik xizmati (SAPO) bilan hamkorlikda ishlaydi.
Loyiha qiymati taxminan 302 million dollarni tashkil etadi va bu mablag‘ asosan qurolli kuchlar byudjetidan yo‘naltiriladi. Yangi tuzilmani tashkil etish ishlari yil yakunida boshlanishi rejalashtirilgan.