Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shvesiya Rossiyani asosiy tahdid deb atadi

Shvesiya Rossiyani asosiy tahdid deb atadi

Shvesiya o‘zining yangi milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiyani eng katta tahdid sifatida belgiladi. Bu haqda SVT xabar bermoqda.

Hukumatning ta’kidlashicha, joriy xavfsizlik holati Shvesiyani Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan beri «eng tashvishli» holatdir.

«Rossiya milliy xavfsizligimiz uchun eng katta va jiddiy tahdid», dedi Mudofaa vaziri Pol Jonson.

Bundan tashqari, bir qator davlatlar tomonidan o‘zlarining geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishga urinishlari tahdid sifatida qayd etildi.

«Xitoy bizning xavfsizligimiz va raqobatbardoshligimizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kiber vositalarni ishlab chiqish niyatida. Shuningdek, biz Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borayotganini ko‘ryapmiz», — dedi Jonson.

Kiritildi: 21:10 08.07.2024. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!