Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Shvesiya Rossiyaga aloqadorlikda gumonlanayotgan Xitoy kemasi kapitanini hibsga oldi

Shvesiya Rossiyaga aloqadorlikda gumonlanayotgan Xitoy kemasi kapitanini hibsga oldi

​Shvesiya prokurori Rossiya bilan aloqasi borligi taxmin qilinayotgan va musodara etilgan neft tankerining xitoylik kapitani hibsga olinganini ma’lum qildi. U soxta hujjatlardan foydalanish va dengizchilik qoidalarini buzishda gumonlanmoqda. Shvesiya sohil qo‘riqlash xizmati va polisiyasi Suriya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Jin Hui kemasini mamlakat hududiy suvlarida to‘xtatib, bortga chiqqan.

Katta prokuror Adriyen KombYE-Xoggning bildirishicha, ismi ochiqlanmagan kapitan bugun so‘roq qilinadi.

Hukumatning ta’kidlashicha, bu kema Rossiyaning Ukrainadagi urush tufayli kiritilgan G‘arb sanksiyalarini aylanib o‘tish uchun foydalanadigan "soya floti"ga tegishli bo‘lishi mumkin. ​Evropa davlatlari bunday flot faoliyatiga qarshi kurashni kuchaytirgan bir vaqtda, Jin Hui kemasining to‘xtatilishi Shvesiya uchun joriy yildagi beshinchi shunday holat bo‘ldi.

Kemaning o‘zi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sanksiya ro‘yxatlarida borligi, uning ichida yuk bo‘lmagani va qayerga ketayotgani noma’lumligi aytilmoqda. Rossiya hozircha bu voqeaga munosabat bildirgani yo‘q, biroq avvalroq o‘z kemalarining to‘xtatilishini dushmanlik harakati deb atagan edi.

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!