Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shvesiya Qur’onni yoqqan iroqlikka nisbatan ayblov e’lon qildi

Shvesiya Qur’onni yoqqan iroqlikka nisbatan ayblov e’lon qildi

Shvesiya prokuraturasi chorshanba kuni 2023 yilda bir necha bor muqaddas Qur’oni karim kitobini yoqib, musulmon davlatlarda ko‘plab norozilik namoyishlari va davlatlararo ziddiyatlarga sabab bo‘lgan iroqlik ikki murtad – Salvan Momika va uning sherigi Salvan Najemga nisbatan “millatlararo adovat qo‘zg‘atish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qildi.

"Bu erkaklar musulmonlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilganliklari va Qur’onni tahqirlaganliklari uchun javobgarlikka tortildilar", - dedi katta prokuror Anna Xankkio.

Stokgolmda Qur’onni yoqib yuborgan Salvan Momika Skandinaviya davlatlari va islom dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarning keskin yomonlashishiga sabab bo‘ldi.

2018 yildan beri Shvesiyada bo‘lgan Iroqdan kelgan muhojir polisiya ruxsati bilan butun dunyo musulmonlari Qurbon hayitini nishonlayotgan paytda Stokgolm markazidagi masjid yonida Qur’on sahifalarini yirtib, yoqib yuborgandi.

Shvesiya migrasiya idoralari iyuldan sentyabrgacha to‘rt marta Qur’onni yoqib yuborishni sodir etgan iroqlik qochqin Salvan Momikni yashash uchun ruxsatnomani bekor qilish va mamlakatdan deportasiya qilishga qaror qildi. Momikaning xatti-harakatlari butun dunyoda g‘azabga sabab bo‘ldi va Shvesiyaning NATOga kirishini kechiktirdi.

Kiritildi: 17:40 28.08.2024. O'qildi: 1390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!