Shvesiya parlamenti boshpana izlovchilar uchun doimiy yashash ruxsatnomalarini bekor qiluvchi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi.
Bu qonun chiqaruvchi organning matbuot bayonotida aytilgan.
"Parlament hukumatning himoyaga muhtoj shaxslar va Shvesiyada doimiy yashovchi shaxslar, shuningdek, ularning qarindoshlari uchun doimiy yashash ruxsatnomalarini berishni bekor qilishni o‘z ichiga olgan taklifini qo‘llab-quvvatladi", deyiladi bayonotda.
Buning sababi "boshpana bilan bog‘liq immigrasiyani kamaytirish orqali integrasiya uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish va ijtimoiy chetlanishni kamaytirish" ekanligi aytilmoqda. Doimiy yashash ruxsatnomasi o‘rniga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi beriladi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar 2026 yil 12 iyuldan kuchga kiradi.