Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Shusha islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Shusha islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatidagi Shusha shahri 2024-yil uchun islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. Bu haqda Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida ma’lum qilindi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Shusha shahri Ozarbayjon tarixiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, islom sivilizasiyasi ramziga aylandi.

2022-yil Ozarbayjonda Shusha yili deb e’lon qilingandi. Shusha madaniy hayotini jonlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musiqa bayramlari, she’riyat kunlari, ko‘plab mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazilgandi. Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Shusha shahrini 2023-yil uchun turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qildi. Keyin tadbirda Shusha haqida videorolik namoyish etildi.

2020-yil 8-noyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shusha shahri arman bosqinidan ozod qilinganini e’lon qildi. Shahar markazida Ozarbayjonning uch rangli bayrog‘i ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Shusha 1992-yil 8-mayda Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan.

Kiritildi: 10:39 26.09.2023. O'qildi: 1748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!