Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Shuhrat Abdurahmonovning serialli uchinchi audiosi: «Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘mini berib qo‘yyapti?»

Shuhrat Abdurahmonovning serialli uchinchi audiosi: «Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘mini berib qo‘yyapti?»

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi yozilgan yana bir audioyozuv internetda tarqaldi. Unda viloyat rahbari Andijonda olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan ba’zi kishilarni «sassiq» deb atagan.

«Bitta-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan… Ayt senlar ham. Sharmandamisan, vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon. Hey iflos, nima deyapsan sen Andijonni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o‘tirgin-da, bor, o‘tib kel Farg‘onaga, Namanganga, tashkilotlariga bor. Nimadan qolib ketayotgan ekanman men Andijonda.

Alisher Usmonov degan hooov milliarder Namanganda tug‘ilgan ekan. 50 million dollar pul berar ekan. Namanganda mana shunaqa qilib tumanlarni obod qilar ekan. Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti? Namanganda 50 million dollarga u nima qilyapti-yu, bir so‘m puli yo‘q Andijon nima qilyapti? Solishtirib ko‘r. Butun respublika keldi Namanganga. Hammasi kelishib tayyor pulni yeya olmayapti», — degan Andijon viloyati hokimi.

Avvalroq, taxminan, 7 noyabrda internetda Shuhrat Abdurahmonov unga «sassiq gapirgan» marhamatlik uch ayolni 15 sutkaga qamatgani haqida gapirgan audio tarqalgandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati bu audioyozuv ikki yil avvalgi ekanini ta’kidlagan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hokimlikning bu bayonotini shubha ostiga olib, xususan, marhamatlik ayollarning noroziligi 2020 yil oktyabr oyi oxirida yuz berganini ko‘rsatib o‘tgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur audioyozuvga munosabat bildirarkan, bu gaplar qachon aytilgani ahamiyatsiz ekanini ta’kidlab, Andijon hokimini «Lenin boshlagan boshqaruvning sodiq vorisi» deb atagandi.

Keyinroq 14 noyabrda Shuhrat Abdurahmonovning ovozi yozilgan ikkinchi audio tarqaldi. Unda hokim O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov ishtirok etgan yig‘ilishda viloyatda mavjud kamchiliklar haqida gapirmoqchi bo‘lgan andijonlik tadbirkorlarni «shakal» deb atagani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 07:50 20.11.2020. O'qildi: 6125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!