Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Shu yilning 9 oyida “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Shu yilning 9 oyida “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

Tezlik — “103” xizmatida hal qiluvchi mezon. Chunki, avvalo, chaqiruv manziliga juda qisqa vaqtda yetib borish kerak! Keyin bemorga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi!

Ana shundan so‘ng, tibbiy ko‘rsatmaga ko‘ra, bemorni shoshilinch ravishda shifoxonaga olib borish zarur bo‘lishi mumkin. Bu jarayonda har daqiqa qadrli va hisobli. Biroq yurtimizda “Tez yordam”ning tezligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar, afsuski, hali ham uchrab turibdi.

— 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida “103” xizmatiga jami 1 990 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Shuningdek, 1 287 ta holatda tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv manziliga yetib borgach, eshikni ochmaslik vaziyati qayd etilgan. Inson salomatligi, hayoti haqida ketar ekan, bunday murojaatlar bo‘lishi afsuslanarli, albatta.

Tahlillarga ko‘ra, 2024 yilning o‘tgan 9 oyida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 357 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 321 ta. Shuningdek, Toshkent shahridan 249 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — 6 ta!

Kiritildi: Bugun 10:04. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!