Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Shu yil o‘qishni tamomlayapman, ishga joylashish uchun qanday hujjatlar taqdim etishim kerak?"

A A A
"Shu yil o‘qishni tamomlayapman, ishga joylashish uchun qanday hujjatlar taqdim etishim kerak?"

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:

✔️pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

✔️mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno

✔️ o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnoma;

✔️harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

✔️oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma yoki boshqa tegishli hujjatlar.

❌ Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

☝️Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.

Kiritildi: 21:36 09.06.2020. O'qildi: 2686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!