Saudiya Arabistonida din haqidagi posti uchun Shri-Lanka fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Saudiyaga migrant bo‘lib kelgan Shri-Lanka fuqarosi Sivarasa Anojan Facebook’da Islom dini va Muhammad payg‘ambar haqida haqoratli post qoldirgan. Dastlab sud uni 5 yil qamoq va 3 million Saudiya riyoli jarimaga hukm qilgan.
Biroq prokuratura jazoni og‘irlashtirishni so‘rab apellyasiya bergan. Natijada apellyasiya sudi jazoni o‘lim jazosiga o‘zgartirgan. Shri-Lanka hukumati hozir ish bo‘yicha diplomatik choralar va afv so‘rash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.