Shri-Lanka harbiylari o‘z hududiy suvlarida cho‘kib ketayotgan Eron kemasidan kamida 30 kishini qutqardi.
Bu haqda Shri-Lanka tashqi ishlar vaziri Vidjitx Xeratx ma’lum qildi.
Avvalroq, Shri-Lanka mudofaa vazirligi vakili mamlakat dengiz floti Eron kemasidan kelgan favqulodda vaziyat haqidagi signaldan so‘ng qutqaruv operasiyasini boshlaganini aytgan edi.
Vidjitx Xeratx qo‘shimcha ma’lumot bermadi, ammo Shri-Lanka tegishli choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari kema mamlakat janubidagi Galle qirg‘og‘ida favqulodda vaziyat haqidagi signal yuborganini va jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilganini xabar qilishdi.