Bugun 27 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shoygu MDH mudofaa vazirlariga yangi qurollarni namoyish qildi

Shoygu MDH mudofaa vazirlariga yangi qurollarni namoyish qildi

Rossiya MDH davlatlari bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni oshirishga doim ochiq, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu juma kuni MDH Mudofaa vazirlari kengashining Tula shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida.

"Harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari mudofaa vazirlari kengashi va ikki tomonlama aloqalarning doimiy diqqat markazida. Shu munosabat bilan Rossiya Federasiyasi bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishga doimo ochiq ekanligini ta’kidlamoqchiman", — dedi Shoygu.

Shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri MDHlik hamkasabalariga Tula qurolsozlik korxonalarida ishlab chiqilgan Rossiyaning eng yangi o‘qotar qurollar namunalari bilan tanishtirdi.

Ana shunday qurollardan biri PP-2000 pistolet-pulemyoti bo‘ldi. Ushbu qurolni seriyali ishlab chiqish Rossiyada yaqinda boshlangan. Ayni damda undan maxsus bo‘linmalar hamda uchuvchilar to‘pponcha o‘rniga foydalanmoqda.

Kiritildi: 22:27 29.09.2023. O'qildi: 7886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!