Glazgo yaqinidagi Qirollik dengiz flotining yadro qurollari omboridan radioaktiv suv jihozlarning ishdan chiqishi tufayli Lox-Longga oqib tushdi.
Bu haqda Shotlandiya atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (Scottish Environment Protection Agency, Sepa) hisobotiga tayanib, The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Amerikaning Trident II (D5) ballistik raketalari bo‘lgan to‘rtta Vanguard toifasidagi suv osti kemalari uchun yadro kallaklari saqlanadigan Kuportdagi Qirollik dengiz flotining qurol-yarog‘ omborida sodir bo‘lgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ish holatida saqlanmagan eski quvurlarning qayta-qayta yorilishi tufayli oz miqdorda tritiy sizib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, Kulportdagi quvurning birinchi yorilishi 2010 yilda sodir bo‘lgan. Keyin, 2019 yilda yana ikkita shunga o‘xshash hodisa ro‘y bergan, buning natijasida “katta miqdorda suv” omborxonani bosib ketgan va ochiq drenaj orqali Lox-Longga oqib tushgan. Sepa radioaktivlik darajasi juda past va inson salomatligiga xavf tug‘dirmasligiga ishontirdi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining saytdagi infratuzilmani yangilash bo‘yicha va’dalariga qaramay, 2021 yilda ikkita shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan.