Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Shota Rustaveli ko‘chasi to‘liq rekonstruksiya qilinadi

Shota Rustaveli ko‘chasi to‘liq rekonstruksiya qilinadi

“Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli ko‘chasiga qadar 6,5 km yo‘l qismida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasi to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Bu bo‘yicha 13 iyul kuni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qaror imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, tumanda joylashgan “Grand Mir Hotel” mehmonxonasidan Yangi Sergeli ko‘chasiga qadar 6,5 km yo‘l qismi rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, obodonlashtirish, drenaj va sug‘orish tizimi, yo‘l bo‘yida piyodalar va velospedchilar yo‘laklarini barpo etish rejalashtirilgan.

Hokimlik huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyasi loyihalash va qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilandi.

Ob’ektda amalga oshiriladigan ishlar uchun talab qilinadigan mablag‘ Toshkent shahar mahalliy byudjetidan qoplash sharti bilan tijorat banklaridan kreditlar jalb qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shota Rustaveli ko‘chasi obodonlashtirilayotgani ma’lum qilingandi. Ushbu ko‘chada joylashgan Shota Rustaveli haykalini asli saqlangan holda, salobatini yo‘qotmaslik maqsadida 50 smga balandroq ko‘tarish ham rejalashtirilgan.

Kiritildi: 04:52 15.07.2022. O'qildi: 3833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!