Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shomurodovga juda past baho qo‘yildi

Shomurodovga juda past baho qo‘yildi

Turkiya Superligasining 32-turi doirasida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Fenerbahche" mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan bahsda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

"Bashakshehir" tarkibida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada zaxiraga olindi.

O‘yindan so‘ng statistik portallar futbolchilarning harakatlariga qarab o‘z baholarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamyurtimizning o‘yini "Fotmob", "Sofascore" va "Flashscore" nashrlari tomonidan bir xil — 6.1 ballga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsumda Turkiya chempionati doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi. Ayni damda "Istanbul Bashakshehir" 51 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: Bugun 11:54. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!