"Istanbul Bashakshehir" hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan futbolchi ijtimoiy tarmoq orqali o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu faxrli mukofotni yana bir bor qo‘lga kiritganimdan juda xursandman. Menga ishonch bildirgan va doimo qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat", — deb yozdi Shomurodov o‘zining Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, u 2025 yil davomida klub va milliy terma jamoa safida jami 61 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.