Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qild
"Biz Ukraina Yevropaga ishonishi va tayanishi mumkinligi masalasida yakdil fikrdamiz, biz Kiyevni yolg‘iz qoldirmaymiz", – dedi Shols Berlinda Makron bilan muzokaralardan so‘ng.
Shuningdek, Shols AQSh va Rossiya prezidentlari – Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti natijalarini izohladi. Uning ta’kidlashicha, suhbatdan so‘ng Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish e’lon qilingani "muhim birinchi qadam" bo‘lishi mumkin. Biroq, kanslerning fikriga ko‘ra, asosiy maqsad "o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish" bo‘lishi kerak.
Makron ham nazorat qilish imkoni bo‘ladigan tinchlik jarayoni zarurligini ta’kidladi. Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xavfsizligi uchun mustahkam kafolatlar taqdim etilishi va Kiyev tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi shart.
Olaf Shols Makronning bu pozisiyani qo‘llab-quvvatlab, Ukraina ishtirokisiz hech qanday qaror qabul qilinmasligini alohida ta’kidladi.