Germaniya kansleri Olaf Shols Bavariyada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammiti yakunida G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va boshqa cheklovlar ko‘rinishidagi bosimi faqat kuchayishini va Putinning bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li uning Ukrainadagi rejalari muvaffaqiyatsizligini tan olishini aytdi.
Shols har bir davlat qo‘shnilarining hujumlari tahdidiga duch kelmay, o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
Kanslerning aytishicha, kecha Kremenchukdagi savdo markaziga qilingan raketa hujumi Putinning Ukraina aholisiga nisbatan shafqatsizligining yana bir dalilidir.
Sammit davomida G7 davlatlari Rossiya uchun yana bir qancha og‘riqli qadamlar, jumladan, rus oltinini sotib olishga embargo qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.