Germaniya kansleri Olaf Shols Parijdagi Yelisey saroyida bo‘lib o‘tgan favqulodda uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi.
Shols o‘z nutqini Ukrainaga yordam berishni davom ettirish zarurligi haqidagi bayonot bilan boshladi.
"Biz tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin bu majburiy shartlar asosida bo‘lmasligi kerak", — deya ta’kidladi Germaniya kansleri.
"Xavfsizlik va mas’uliyat masalalarida Yevropa va AQSh o‘rtasida fikrlar qarama-qarshiligi bo‘lmasligi lozim", — deya qo‘shimcha qildi germaniyalik siyosatchi.
Shols, Germaniya mudofaa sohasiga investisiya kiritishni davom ettirishini va agar Yevroittifoq a’zolari mudofaaga YAIMning 2% yoki undan ko‘prog‘ini sarflashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, byudjet masalasida ko‘proq moslashuvchan bo‘lishi kerakligini aytdi.