Germaniya kansleri Olaf Shols boshpana huquqi nemis huquq tizimining ajralmas qismi bo‘lib, shubha ostiga olinmasligini aytdi.
Bundestagda afg‘onning yaqinda Ashaffenburg shahrida o‘tkinchilarga qilgan hujumi munosabati bilan migrasiya muammosi va ichki xavfsizlik bo‘yicha hukumat bayonoti bilan gapirar ekan, Shols shunday dedi: "Boshpana olish huquqi bizning huquqiy tizimimiz va qadriyatlarimiz tizimining ajralmas qismidir. Biz bunga shubha qilmasligimiz kerak".
Avvalroq Bild gazetasi muxolifatdagi SDU/XSU bloki shu hafta migrasiya siyosati bo‘yicha takliflar kiritilgan rezolyusiyani ovozga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, unda noqonuniy migrantlar oqimi tufayli Germaniyada favqulodda holat joriy etish zarurligi haqidagi band bor.