Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Shohjahon Ergashev: “Endi faqat kuchli raqiblar bilan jang qilaman”

Shohjahon Ergashev: “Endi faqat kuchli raqiblar bilan jang qilaman”

Prof boksning super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun o‘zbekistonlik sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev rejalari haqida gapirdi.

"Hozirgacha dunyoning eng yaxshi bokschilarining deyarli hammasi bilan jang qilib ko‘rganman. Bundan buyog‘iga faqat kuchli bokschilar bilan jang qilib, Jahon chempioni bo‘lishga harakat qilaman. O‘ylashimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ozgina tayyorgarlik kerak.

Sog‘lig‘im bilan ozgina muammo bor edi. Hozir sog‘lig‘im yaxshilandi, ancha yaxshi tiklanish bo‘ldi. Ikki yil bezovta qilgan jarohatlarimdan forig‘ bo‘ldim. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi", dedi Ergashev "Mahalla" telekanali muxbiri Mohichehra Sobirova bilan suhbatda.

Ma’lumot o‘rnida, 33 yoshli farg‘onalik Shohjahon Ergashev hozirgacha 27 ta jangda 25 g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Kiritildi: 10:24 22.07.2025. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!