Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Shiroq haqida serial, Behbudiy haqida badiiy film suratga olinadi

Shiroq haqida serial, Behbudiy haqida badiiy film suratga olinadi

«O‘zbekkino» milliy agentligi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan o‘zbek xalqining buyuk siymolariga bag‘ishlangan filmlarni suratga olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Agentlik matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, filmlardan biri – sahroda shoh Doro boshchiligidagi fors bosqinchilarining katta qismini donoligi va jasorati bilan yenggan sak qabilasiga mansub cho‘pon Shiroq haqidagi serialdir.

Keyingi loyiha – taniqli ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining taniqli namoyandalaridan biri, atoqli yozuvchi va dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida badiiy film yaratishdan iborat.

2020 yil O‘zbekistonda Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yilligi keng nishonlanadi. U haqdagi filmni shu yilning oxirigacha Samarqandda suratga olish rejalashtirilgan.

Shiroq haqidagi teleserialni suratga olishda maslahatchi sifatida chet ellik rejissyorlar ham ishtirok etadi.

Serial voqealari Samarqand va qisman Navoiy viloyatida suratga olinadi. Jumladan, film ijodkorlari tomonidan Shiroqning dushmanlarni adashtirishiga oid sahnalari uchun Navoiy viloyati xududidagi sahrolar tanlab olingan.

Tarixiy teleserial ssenariysi muallifi yozuvchi va kinodramaturg – Nazar Eshonqul hisoblanadi.

«O‘zbekkino» yuqoridagi filmlarning rejissyorlarini tanlov asosida tanlab olishni rejalashtirmoqda.

 

Kiritildi: 05:55 31.01.2020. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!