Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Shimoliy oqimdagi qo‘poruvchilikni kim uyushtirgani ma’lum, lekin..."

A A A
“Shimoliy oqimdagi qo‘poruvchilikni kim uyushtirgani ma’lum, lekin..."

Serbiya prezidenti Vuchich Rossiya gaz quvuridagi portlashlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

“Dunyoda buni kim qilganini bilmaydigan siyosatchi yo‘q, lekin hammamiz o‘zimizdan ‘jinni’ yasab olganmiz va mamlakatimiz manfaatlariga ziyon yetkazmaslik uchun jim turibmiz. Lekin nima qilish kerak, bu ikkiyuzlamachilik hamma joyda”, - dedi Serbiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, hujumlar 26 sentyabr kuni birdaniga Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2”ga uyushtirildi.

Germaniya, Daniya va Shvesiya maqsadli qo‘poruvchilikni istisno qilmaydi. Kreml voqeani xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.

Kiritildi: 10:37 06.11.2022. O'qildi: 4700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!