Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar uchun Eronga tashrif buyurdi.
Rossiya va Eron OAVlarining xabar berishicha, Rossiya xavfsizlik bo‘yicha yuqori lavozimli amaldori, sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tehronda eronlik hamkasbi bilan muzokara o‘tkazgan.
Uchrashuv Shoygu Pxenyanda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashganidan bir necha kun o‘tib bo‘lib o‘tdi.
Eron Milliy Xavfsizlik Oliy Kengashiga aloqador «Nur» axborot agentligining xabar berishicha, Shoygu eronlik hamkasbi Ali Akbar Ahmadian bilan uchrashgan.
Rossiya Ukrainada urush boshlanganidan beri AQShga dushman bo‘lgan Eron va Shimoliy Koreya bilan aloqalarini chuqurlashtirdi.
Vashington har ikki davlat Rossiyaga mojaroda foydalanish uchun ballistik raketalar yetkazib berayotganini aytadi, Moskva esa buni rad etib kelmoqda.