Seulda joylashgan inson huquqlari tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2020 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan muddatda Shimoliy Koreyada 148 kishi qatl etilgan. Bu avvalgi besh yillik ko‘rsatkichdan qariyb uch baravar ko‘pdir. Qatl etish holatlarining aksariyati xorijiy madaniyat va diniy taqiqlarni buzish, xususan, Janubiy Koreya filmlari va seriallarini tomosha qilish bilan bog‘liq. Karantin davrida siyosiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosiga hukm qilish holatlari ham 4 tadan 28 tagacha ko‘paygan.
Mutaxassislarning fikricha, Kim Chen In cheklov choralaridan foydalanib, mamlakat ichidagi noroziliklarni bostirishga va nazoratni kuchaytirishga harakat qilgan. Shuningdek, hokimiyatning uning qizi Ju Ega topshirilishi kutilayotgan bir paytda, elita orasidagi tozalashlar tufayli qatllar soni yanada oshishi taxmin qilinmoqda.