Shanba kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum snaryad uchirdi.
Bu haqda Yonhap axborot agentligi Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlariga tayanib xabar berdi.
Snaryad turi hali aniqlanmagan.
Keyinchalik AQSh Tinch okeani qo‘mondonligi Shimoliy Koreyaning yaqinda uchirilgan raketasi haqida bayonot berdi va bu uchirilish Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari uchun hech qanday tahdid tug‘dirmasligini aytdi.
"Biz yaqinda uchirilgan raketadan xabardormiz va ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan yaqindan maslahatlashmoqdamiz. Qo‘shma Shtatlar o‘z vatanini himoya qilishga va mintaqadagi ittifoqchilarini himoya qilishga sodiq qoladi", dedi harbiylar ijtimoiy tarmoqlardagi postida.