Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Shimoliy Koreya urushga tayyorlanmoqdami?

Shimoliy Koreya urushga tayyorlanmoqdami?

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boruvchi Dongxe yo‘lida noma’lum inshootlar qurishni boshladi, deb xabar bermoqda «Yonhap» axborot agentligi manbasiga tayanib. Janubiy Koreya chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zobitlar yo‘lning Shimoliy Koreya tomonida konstruksiyalar o‘rnatilishini kuzatgan. Ushbu tuzilmalar chegara bo‘ylab beton to‘siqlarni qurish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga, chegaraning g‘arbiy qismiga olib boradigan Kyonnggi yo‘lida haligacha bunday qurilish ishlari kuzatilmagan.

Avvalroq, o‘tgan hafta Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boruvchi yo‘llarning bir qismini portlatib yuborgan edi. Shimoliy Koreya armiyasi bosh shtabi 9-oktabrdan boshlab ikki davlatni bog‘laydigan barcha avtomobil va temir yo‘llarni to‘sib qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Koreya yarimorolidagi keskinlik Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning Pxenyan ustidan uchuvchisiz uchishlarini e’lon qilganidan keyin kuchaygan. Shimoliy Koreya, agar bunday harakatlar takrorlansa, «jismoniy kuch» ishlatish bilan tahdid qilgan.

Seulning Shimoliy Koreya Rossiyaga 3000 ga yaqin askar yuborayotgani haqidagi da’volari fonida Janubiy Koreya va AQSh qo‘shinlari Janubiy Koreyaning turli havo bazalarida 12 kunlik «Freedom Flag» qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yon Xyon Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni o‘z armiyasini «noqonuniy bosqinchilik urushi uchun» sotganlikda ayblab, «Bu yollanma askarlarning o‘ljasi», dedi.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi harbiy harakatlarda ehtimoliy ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya sharqida kamida 3000 shimoliy koreyalik askar borligi haqidagi Seul ma’lumotlarini tasdiqladi. Pxenyan va Moskva hozircha bu bayonotlarni tasdiqlamadi yoki rad etdi.

Kiritildi: 20:52 25.10.2024. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!