Janubiy Koreya razvedkasi NIS KXDR Ukrainadagi urushga qaysi askarlarini yuborgani haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Bild.
5-oktabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining G‘arbiy okrugidagi maxsus bo‘linmaga tashrif buyurdi. Bu dunyodagi eng shafqatsiz bo‘linmalardan biri hisoblanadi.
«Bu qo‘riqchilar diktatorning otasi — Kim Chen Irni qo‘riqlagan. O‘g‘lining ko‘z o‘ngida ular mushtlari, qo‘llari va temir bolg‘alari bilan safdoshlarining tanalariga o‘rnatilgan beton plitalarni sindirdi», — deyiladi xabarda.
Bild sharhlovchisi Piter Tide ularni «jangovar qullar» deb atadi, chunki ular hech qanday tashqi ta’sirlarsiz (na Internet, na G‘arb televideniyesi, na mobil telefonlar) axborot bo‘shlig‘ida tarbiyalangan.