Shimoliy Koreya tez orada Ukrainaga yangi harbiy kontingent yuboradi, deb yozmoqda New York Times Pentagonga tayanib.
Nashrning Pentagondagi manbalariga tayanib yozishicha, Shimoliy Koreya qurolli kuchlari umumiy hisobda 1,2 million kishini tashkil qiladi. KXDR shuningdek, Rossiyaga artilleriya tizimlarini, xususan, 170 millimetrli “Ko‘ksan” o‘ziyurar qurolini topshirishni davom ettirmoqda.
Maqolada aytilishicha, frontda shimoliy koreyaliklar shiddatli o‘qlar ostida va minalar bilan qoplangan dalalar bo‘ylab 40 va undan ortiq kishilik guruhlarga bo‘lingan holda hujumlar paytida to‘xtamasdan harakatlanmoqda. Agar ular biror pozisiyani egallab olishsa, uni ruslarga qoldiradilar va o‘zlari yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rishadi.