Kulgi miyada endorfinlar ishlab chiqaradi, bu moddalar qon tomirlarida foydali kimyoviy moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. AQSh Pensilvaniya universitetining kardiolog va tibbiyot professori doktor Maykl Millerning aytishicha, kulgi yurak, immunitet uchun foydali, shuningdek, sog‘liq uchun ko‘plab foyda keltiradi. Masalan, stressni yengillashtiradi.
Stenford universiteti psixologi Uilyam Fray mashhur komiklar Lorel va Xardi filmlarini tomosha qilish paytida o‘zidan qon namunalarini oldi. U kulgi immunitetni mustahkamlaydigan qon hujayralari sonini ko‘paytirishini aniqladi.