📲 Aholiga qulaylik yaratish va sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati yaratildi.
💻 Unga ko‘ra, endilikda fuqarolar tibbiyot muassasalarida navbatda turmay, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali shifokor qabuliga yozilishlari mumkin.
✅ Ushbu tizimdan foydalanish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1⃣ Tizimga kirish – Foydalanuvchi my.gov.uz portaliga kirib, "Shaxsiy kabinet" bo‘limiga o‘tadi.
2⃣ Xizmatni tanlash – "Xizmatlar" bo‘limidan Sog‘liqni saqlash kategoriyasini tanlab, "Shifokor qabuliga yozilish" xizmatiga o‘tadi.
3⃣ Shifokor va poliklinika ma’lumotlari – Tizim foydalanuvchini avtomatik ravishda o‘ziga biriktirilgan shifokor va poliklinika bilan tanishtiradi.
4⃣ Shifokorning ish jadvali bilan tanishish – Foydalanuvchi shifokorning mavjud qabul kunlari va soatlarini ko‘rib chiqadi.
5⃣ Tashrif sanasini tanlash – Kalendardan qulay qabul kunini tanlaydi.
6⃣ Tashrif vaqtini tanlash – Mavjud bo‘sh vaqtlar ichidan mos keladigan qabul vaqtini belgilaydi.
7⃣ Tekshirish kodini kiritish – Tizim tomonidan taqdim etilgan arifmetik amallar javobini tegishli maydonga kiritadi.
8⃣ Tasdiqlash – Tasdiqlash tugmasi bosilgach, fuqaro tanlangan sanada va belgilangan vaqtda shifokor qabuliga yoziladi.
✅ Ushbu tizim sog‘liqni saqlash xizmatlari samaradorligini oshirish, shifokor qabuliga navbatlarni qisqartirish va bemorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu orqali har bir fuqaro o‘z vaqtini tejab, tibbiy xizmatlardan yanada tez va samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.