Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sherzod Qudbiyev: “Tashabbusli byudjet”loyihasiga ovoz berishda Face ID bo‘lmaydi"

Sherzod Qudbiyev: “Tashabbusli byudjet”loyihasiga ovoz berishda Face ID bo‘lmaydi"

“Tashabbusli byudjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etilmayli. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Bu bo‘yicha vazir Sherzod Qudbiyev “Tashabbusli byudjet”ni takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan munosabat bildirdi.

“Face ID bo‘lmaydi. Matbuot xizmati shoshilib, hali xom takliflarni e’lon qilgan. Bunday tizim kuzda tutilmayapti. Yaxshi ishlab turgan tizimga o‘zgartirish kiritishdan oldin ochiq so‘rovnoma o‘tkazib, undan keyin qaror qabul qilish kerak bo‘ladi”, deydi vazir.

Kiritildi: 20:58 25.03.2023. O'qildi: 1517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!