Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan ochiq yoki yashirin sahifalar orqali shaxsning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni sharmanda qilishga qaratilgan holatlarga duch kelamiz. Vaholanki, qonunchiligimizda haqorat qilganlik, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

Amaldagi javobgarliklar xususida Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Javohir Eshonqulov quyidagicha tushuntirish berdi:

– Har bir shaxs Konstitusiya va qonunlarga rioya etishi, boshqalarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart. Bu har bir fuqaroning konstitusiyaviy burchi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasiga muvofiq, "Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Umuman olganda, jamiyatdagi muammolarni faqat huquqiy vositalar orqali hal qilish lozim.

Kiritildi: 16:31 25.04.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!