1 iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi.
Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.
Bu prezidentning “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikasiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.