Mashhur vengriyalik shaxmatchi bugungi kunda "tarixiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va parchalangan millatni birlashtirishga" tayyor emasligini bildirgan. Bosh vazir Peter Madyar esa uning qarorini hurmat qilishini aytgan.
Hozircha Vengriya prezidenti lavozimiga kim nomzod bo‘lishi noma’lum.
49 yoshli Yudit Polgar dunyo reytingida kuchli o‘nlikka kirgan yagona ayol shaxmatchi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida jahon chempioni Garri Kasparovni ham mag‘lub etgan.