Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Shaxmat: serbiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov endi Germaniya vakili bilan kuch sinashadi

Shaxmat: serbiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov endi Germaniya vakili bilan kuch sinashadi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy davom etayotgan “Tata Steel Chess-2025” turnirining kecha poyoniga yetgan 10-tur o‘yinlari har jihatdan murakkab kechdi.

“Masters“ guruhida g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov oq donalarda serbiyalik Aleksey Sarana bilan bellashdi. Uchrashuv juda murakkab kechdi. Har ikki shaxmatchi bir nechta yurishlarda xatoliklarga yo‘l qo‘ydi.

Shaxmat: serbiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov endi Germaniya vakili bilan kuch sinashadi

Shunday bo‘lsa-da, Abdusattorov o‘z salohiyatini namoyish etib, ortda qolgan 9 ta turning birontasida mag‘lubiyatga uchramagan Aleksey Saranani taslim etdi. Bahsdan keyin jurnalistlarga intervyu bergan Nodirbek o‘yin har jihatdan asabiy kechganini, ushbu bahsdagi ishtiroki turnirning eng yomonni bo‘lganini aytib o‘tdi.

Guruhda yetakchilik qilayotgan jahon chempioni Gukesh Dommaradju niderlandiyalik Maks Varmerdam bilan uchrashuvda omadli ekani yana bir karra isbotlandi. Hindistonlik shaxmatchi qora donalarda harakatlandi. Raqibining 28-yurish holatidagi qo‘pol xatolik Gukeshning ustunligini ta’minladi va bu unga g‘alabani taqdim etdi.

Shaxmat: serbiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov endi Germaniya vakili bilan kuch sinashadi

Ertaga, 31 yanvar kuni o‘tadigan 11-tur ostonasida Maks Varmerdamdan ustun kelgan Gukesh 7,5 ochko bilan yakka peshqadamlikni saqlab kelayotgan vaziyatda Nodirbek Abdusattorov 7 ochko jamg‘arib 2-o‘rinda bormoqda. 10-turda Sloveniya sharafini himoya qilayotgan Vladimir Fedoseevni mag‘lub etgan hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa 6,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

“Chellenjer“ guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Yoqubboyev 10-turda oq donalarda niderlandiyalik Benjamin Bok bilan kuch sinashdi va durangga erishdi. Bu esa hamyurtimizga 5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 9-pog‘onaga ko‘tarilishini ta’minladi. Bir tur oldin u 10-o‘rinda borayotgandi.

Shaxmat: serbiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov endi Germaniya vakili bilan kuch sinashadi

Ertaga 31 yanvar kuni o‘tadigan 11-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan ro‘baro‘ keladi. Turnir jadvali peshqadami Gukesh Dommaradju oq donalarda xitoylik Vey Iga qarshi harakatlanadi. 3-pog‘onani band etgan Rameshbabu Pragnanandxa esa qora donalarda AQSh vakili Fabiano Karuana bilan kurash olib boradi.

Shaxmat: serbiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov endi Germaniya vakili bilan kuch sinashadi

“Chellenjer“ guruhida o‘z mahoratini namoyish etayotgan Nodirbek Yoqqubboyev 11-turda argentinalik Faustino Oro bilan kuch sinashadi. Aytish lozim, Yoqubboyevning raqibi hozirda 2,5 ochko bilan 14 nafar ishtirokchi orasida 12-qatorda bormoqda.

“Chellenjer“ guruhida chexiyalik Van Nguyen 7,5 ochko bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, niderlandiyalik Ervin Lami (7 ochko) 2-o‘rinda, ozarbayjonlik Aydin Suleymanli (6,5 ochko) qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni band etgan.

“Tata Steel Chess-2025” bahslari 2 fevralga qadar davom etadi.

Kiritildi: 11:51 30.01.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!