Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev Polshadagi musobaqa g‘olibiga aylandi

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev Polshadagi musobaqa g‘olibiga aylandi

Polshada shaxmat bo‘yicha "Rubinstein Memorial 2025" musobaqasi o‘tkazildi. Klassik formatda o‘tkazilgan turnirda 10 nafar grossmesyter ishtirok etdi. Musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz 9 ta o‘yinda 6,5 ochko to‘pladi. Nodirbek 4 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta partiyada durang qayd etdi.

Musobaqa davomida Yoqubboyev o‘z hisobiga 16,1 FIDE reyting ballini qo‘shib oldi hamda o‘z ochkolarini 2681,2 ballga yetkazib, onlayn jadvalda 45-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Kiritildi: 17:51 24.08.2025. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!