Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov «TePe Sigeman Chess Tournament»ni g‘alaba bilan boshladi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov «TePe Sigeman Chess Tournament»ni g‘alaba bilan boshladi

Shvesiyaning Malmyo shahrida an’anaviy "TePe Sigeman Chess Tournament 2026" musobaqasi start oldi.

Turnirda ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov ilk turda xitoylik shaxmatchi ayol Ju Jinerga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Bahs boshidan hamyurtimiz vaqt borasida ustunlikka ega boshladi. Ju Jiner 23-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Abdusattorov uning mazkur xatosidan foydalanib, raqibning bitta piyodasini urib oldi.

Nodirbek bitta ortiqcha piyodga ega bo‘lgach, tez orada bittadan Farzin va Fillarni almashtirib oldi. Ko‘p o‘tmay, vatandoshimiz raqibning yana bir piyodasi urib olib, 2 ta piyoda ustunligiga ega bo‘ldi. Natijada 38-yurishga kelib xitoylik shaxmatchi taslim bo‘ldi.

Abdusattorov ertaga AQShlik Endi Vudvordga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. Ushbu raqib bugun Nils Grandeliusni mag‘lub etib, Nodirbek kabi bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Magnus Karlsen esa 1-turda Aojun Erigaisiga qarshi bahsda durangga imzo chekdi.

Kiritildi: 23:53 01.05.2026. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!