Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov endi VashYE-Lagrav bilan kuch sinashadi

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov endi VashYE-Lagrav bilan kuch sinashadi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan "Superbet Chess Classic Romania" turnirining ortda qolgan 3-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov musobaqada 2 ochko bilan yetakchilik qilayotgan amerikalik Fabiano Karianu bilan murosa yo‘lini tanladi.

3-turda o‘tkazilgan Maksim Vashye Lagrav – Alirizo Firuzja, Dommaraju Gukesh – Rameshbabu Praggnanandha, Anish Giri- Yan Nepomnyashiy, Uesli So – Bogdan-Danyel Dyak uchrashuvlarida ham durang natija qayd etildi.

To‘rtinchi tur ostonasida Karuana va hindistonlik Dommaraju Gukesh 2 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda.

Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov endi VashYE-Lagrav bilan kuch sinashadi

Bugun, 29 iyun kuni o‘tadigan 4-turda Abdusattorov oq donalarda fransiyalik Maksim VashYE-Lagrav bilan kuch sinashadi.

Aytish lozim, "Superbet Chess Classic Romania" turniri "Grand Chess Tour" turkumidagi 5 ta turnirning birinchisi, umumiy mukofot jamg‘armasi 1,5 million AQSh dollari etib belgilangan.

Ruminiyada o‘tkazilayotgan "Superbet Chess Classic Romania" musobaqasining mukofot jamg‘armasi esa 350 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Turnir g‘olibi 100 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.

Musobaqalar 5 iyulgacha davom etadi.

Kiritildi: 13:27 29.06.2024. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!