Bugun 4 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Rahmonov yana fuqaroligini almashtirgani haqida gapirdi

Shavkat Rahmonov yana fuqaroligini almashtirgani haqida gapirdi

Qozog‘istonlik mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan UFC jangchisi Shavkat Rahmonov jurnalist tomonidan ushbu mavzuda berilgan savolga javob qaytardi.

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida dunyoga kelgan Rahmonov 2011 yilda Qozog‘iston fuqaroligini qabul qilgan edi.

"Men O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida tug‘ilganman. U yerda havo harorati juda ham issiq: yozda 45–55 daraja kuzatiladi. Kunduz kunlari ko‘chada yurish ilojsiz. 2011 yilda butunlay Qozog‘istonga ko‘chib o‘tdim. Millatim qozoq bo‘lgani uchun Qozog‘iston fuqaroligini olishda muammoga duch kelmadim. O‘sha yilning o‘zidayoq mamlakat chempionatlarida ishtirok eta boshladim", — deya "Drug Shayekin" podkastiga intervyu bergan Rahmonov.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Rahmonovning MMAdagi professional rekordi 18-0 ko‘rinishida. Ayni paytda u yarimo‘rta vazn toifasida UFC reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi. Shavkat so‘nggi jangini 2023 yilning dekabr oyida amerikaoik Stiven Tompsonga qarshi o‘tkazib, raqibini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Kiritildi: 13:36 24.02.2024. O'qildi: 16002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!