Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi boshlandi

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi boshlandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 oktyabr kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Tadbirni nomzodning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva ochdi.

Unda prezident migrantlarga daromad solig‘ini solish bo‘yicha mulohazasini bildirdi:

"Viloyatdan chet elga ketib, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz imkon qidirib ketishgan. Imkon qidirgan odam fidoyi odam bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda chetda yuradiganlarni daromad solig‘ini tortish haqida gap chiqdi. Bu mutlaqo asossiz gaplar. Men, Xudo nasib qilib, rahbar bo‘lib ishlasam, bunday bo‘lmaydi. Ular o‘ziga va oilasiga imkon yaratyapti, o‘zini ish bilan ta’minlayapti, oilasini boqyapti. Ularni men o‘z farzandlarim deb bilaman. O‘tgan vaqtda biz ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘ryapmiz.

Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida departament ochildi. Ularning hayoti va sharoitini yaxshilash, kasbga o‘rgatish uchun harakatlar qilinyapti.

Aholimizga murojaat qilib aytmoqchiman: ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, O‘zbekistonda sizga imkon yaratish, (xorijda) to‘layotgan coliqlaringizni kamaytirishga harakat qilamiz. Migrasiya masalasi bo‘yicha Rossiya hukumatiga ko‘p murojaat qilyapmiz.

Davlat, millat, prezident ularga otalik qilishi vazifadir. Ularning og‘irini yengil qilishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, bu adolat namunasi bo‘ladi.

Kiritildi: 11:06 16.10.2021. O'qildi: 1914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!