“Shavkat Mirziyoyevning qarori bajarilmadi, vaziyatga Adliya vazirligi aralashdi” sarlavha ostida 2021 yil 1 iyun kuni “aniq.uz” sayti orqali maqola chop etilgan.
Ushbu maqolada, o‘rganishlarga asosan Madaniyat va Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorining 11-12-bandlari ijrosi APREL OYIGA qadar ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘lganligi bildirilgan.
Shuningdek, mazkur holatlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorining 11-12-banlari ijrosini ta’minlash haqida Madaniyat va Moliya vazirligiga 2021 yil 23 aprelda taqdimnoma kiritilganligi ma’lum qilingan.
Ushbu taqdimnoma Madaniyat va Moliya vazirliklari tomonidan ko‘rib chiqilib, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga 45,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi tayyorlanib, Hukumatga kiritilganligi natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 maydagi 227-F-son farmoyishiga asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga Moliya vazirligi tomonidan 45,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilanligi bildirilgan.
Mutasaddilar yuqoridagi holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
26 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorining 11-12-bandlari ijrosi ta’minlandi qabilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 maydagi 227-F-son farmoyishini ko‘rsatib o‘tishgan.
Farmoyishga asosan, 2021 yil 1-3 chorak yakunlari bo‘yicha, ya’ni sentyabr oyining so‘ngiga qadar
45,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilib jamg‘armaga yuklatilgan vazifalar, masalalar va muammolarni hal qilinishi belgilangan.
Tahririyatga yo‘llangan shikoyatga ko‘ra, Farmoyishda ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan qariyb bir yarim oy o‘tishiga qaramasdan (maqola chiqqaniga 5 oy), hanuzgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi PQ-4730-son qarorining 11-bandi ijrosi ta’minlangani yo‘q.
"Shu o‘rinda bir qancha savollar tug‘iladi:
1. Prezident qarorlari ijrosini ta’minlamaslikga kimning haqqi bor?
2. Prezident qarori hamda hukumat farmoyishi ijrosini ta’minlashga nima to‘sqinlik qilayotgan bo‘lishi mumkin?
3. Prezident qarorlari hamda hukumat farmoyishlari ijrosi ta’minlanmasa ularni chiqarishda nima foyda?
3. Mutasddilar “aniq.uz” sayti, nainki butun xalqni, yanikim soha vakillarini yolg‘on axborot berib xaspo‘shlab qo‘ydimi?
4. Adliya vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi nima uchun tashkil etilgan?
5. Bunday holatlarga kim tomonidan yoki qaysi tashkilot tomonidan qanday huquqiy baho beriladi?", deyiladi murojaatda.
Biz mutasaddi tashkilotlardan bu masala bo‘yicha munosabat va amaliy yechim kutib qolamiz.