Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek olimining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek olimining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mamlakatda biofizika faniga asos solgan yetuk olim, Bekjon Toshmuhammedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev akademik Bekjon Toshmuhamedov vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

"Bekjon Toshmuhamedov 1935 yil 27 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1958 yili Moskva davlat universiteti va uning aspiranturasida tahsil oldi. 1962 yili nomzodlik, 1971 yili doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. 1987 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

Mehnat faoliyatini 1962 yili Toshkent davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) kichik ilmiy xodim sifatida boshladi. O‘zbekiston Milliy universiteti dosenti, kafedra mudiri, Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika instituti direktori, Respublika Oliy attestasiya komissiyasi raisi, Fanlar akademiyasi Prezidiumi Biologiya fanlari bo‘limi raisi, Biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti bosh ilmiy xodimi lavozimlarida samarali xizmat qildi. 
B.Toshmuhamedov biofizika, hujayra fiziologiyasi va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha yirik tadqiqotchi sifatida tanilgan olim edi. Uning biofizika maktabini dunyoga tanitishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb mavzulardagi ilmiy maqola va tadqiqotlari, risola va monografiyalari yurtimiz va chet el ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida e’tibor qozondi.

Olim hujayra membranasiga ta’sir qiluvchi faol moddalarning tadqiqoti bo‘yicha O‘zbekistonda ilmiy markaz yaratdi. Xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan ushbu markazning biofizika laboratoriyalarida Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Arab mamlakatlari, Polsha va boshqa davlatlardan izlanuvchilar kelib tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.

B.Toshmuhamedov AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya, Daniya kabi mamlakatlarning bir necha xalqaro ilmiy markaz va akademiyalarining faxriy a’zosi edi.

Jonkuyar olim ko‘plab iste’dodli yoshlarga ustozlik qildi. Uning rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqdi.

Kiritildi: 22:07 25.06.2020. O'qildi: 2751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!