Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Amur viloyatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlat rahbari marhumlarning oilalariga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Rossiyaning «Angara» aviakompaniyasiga tegishli An-24 samolyoti 24 iyul kuni Amur viloyatida halokatga uchradi. Uning qoldiqlari Tinda shahri yaqinida topildi.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot sahnida 50 nafargacha odam bo‘lgan – ularning barchasi halok bo‘lgani aytilmoqda. Amur viloyatida 3 kunlik motam e’lon qilindi.

Kiritildi: 23:00 24.07.2025. O'qildi: 1694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!