Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Unda investisiya masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Ochiqlik va kuchli investisiya siyosati natijasida iqtisodiyotimiz barqaror o‘sib kelayotgani ta’kidlandi.

Xususan, 2024 yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi, xorijiy investisiya 1,6 barobar o‘sib, 34,9 milliard dollarni tashkil qildi, qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushdi, eksport ilk bor 27 milliard dollarga chiqdi.

O‘tgan yili 50 ta tumanga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kirib keldi (2023 yilda bunday tumanlar 11 ta edi).

Davlatobod, Yangi Namangan, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Shayxontohur tumanlari, Namangan va Samarqand shaharlarida investisiyalar 300 million dollardan oshgan.

Tog‘-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xo‘jaligida reja 2 karra ortig‘i bilan bajarildi.

Kiritildi: Bugun 15:03. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!