Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev “OTP Bank” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “OTP Bank” rahbari bilan uchrashdi

Rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bankning mamlakatimiz bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023 yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo‘shma dasturlarni olqishladi.

Parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Toshkent viloyatidagi sanoat parkida Vengriya kompaniyalari loyihalarini ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Kiritildi: 16:58 20.05.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!