Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev - Nodirbek Yoqubboyevga: "Lekin sen oxirigacha mardona kurashding"

Shavkat Mirziyoyev - Nodirbek Yoqubboyevga: "Lekin sen oxirigacha mardona kurashding"

Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
"Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.

Davlatimiz rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvga alohida to‘xtaldi. Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Saringa qarshi partiyasida vaziyat bir payt juda og‘irlashganini esladi.

– Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi, – dedi Prezidentimiz.

Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyin shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, jahon reytingi yetakchisi va olti karra Olimpiada chempioni bo‘lgan AQSh terma jamoasidan ham ustun keldi.

Prezidentimiz Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani mag‘lubiyasiz o‘tkazib, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritganini e’tirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi g‘alabasi ham alohida esga olindi:

“Buning o‘zi alohida katta natija!”.

Kiritildi: 16:48 29.09.2026. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!