Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun bunga rozilik beraman"

Shavkat Mirziyoyev: "Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun bunga rozilik beraman"

Mebel tannarxida import xomashyo ulushi 50-60 foizni tashkil qilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar tannarxni pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, bo‘yoq, kley, DSP kabi xomashyoga bojni kamaytirishni so‘ragan.

"Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun bunga rozilik beraman", - dedi Prezident.

Mutasaddilarga 14 turdagi xomashyo, furnitura, aksessuar uchun 3 yil muddatga import bojini 1 foiz etib belgilash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Mebel uchun yog‘och va yog‘och materiallarini markazlashgan holda olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 12:11 26.05.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!