O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 13 noyabr kunigi 234-sonida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasida ta’kidlanishicha, mintaqadagi mamlakatlar uzoq yillardan keyin birinchi marta birgalikda oldinga yurish, umumiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi bosqichga kirib keldi.
Davlat rahbari fikricha, bu jarayon “o‘z-o‘zidan” emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari siyosiy irodasi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti mustahkamlanib, hamkorlik keng ko‘lamdagi zaruratga aylandi.
Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari yangi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini yaratganini, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammit esa barqaror, o‘zaro bog‘liq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda muhim bosqich bo‘lishini qayd etadi.